12 kun ichida atigi 200 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Ma’lum qilinishicha (), 17-iyun kuni soat 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 200 953 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 176 ming 331 nafar;
Rus tili — 20 ming 823 nafar;
Qoraqalpoq tili — 3 ming 205 nafar;
Boshqa tillar — 594 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 95 ming 640 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 105 ming 313 nafar

Qabul 25-iyunga qadar davom etadi. Joriy yilda ham abituriyentlar soni kamayadi shekilli.

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Scroll to Top